Hurmatli elektr energiyasi iste’molchilari!

Hurmatli elektr energiyasi iste’molchilari!
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan kо‘rsatilayotgan elektron xizmatlar sifatini yanada oshirish hamda iste’molchilarga qо‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida 2022 yil 1 iyun soat 23:00dan 3 iyun soat 22:00gacha Ma’lumotlarni qayta ishlash markazida profilaktik ishlar olib borilishini ma’lum qilamiz.
Mazkur vaqt oralig‘ida elektr energiyasi uchun onlayn tо‘lovlarni amalga oshirish hamda shaxsiy hisob raqamdagi mavjud ma’lumotlarni olishda texnik uzilishlar bо‘lishi, shu bilan birga iste’molchilarga qulaylik yaratish maqsadida ayni muddatda qarzdor iste’molchilar avtomatik tarzda tarmoqdan ajratilmasligini eslatib о‘tamiz.
Keltirilgan noqulayliklar uchun oldindan uzr sо‘raymiz.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati

❇️SAYYOR QABULLAR BO‘STONLIQ TUMANIIDA DAVOM ETMOQDA. ❇️Ma’lumki, О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi, respublika vazirlik, idora va muassasalarning rahbarlari, mas’ul xodimlari tomonidan Toshkent viloyati shahar va tumanlarida yashovchi fuqarolar bilan bevosita uchrashish, ularning muammolarini joyida hal etish, murojaatlarini о‘rganish bо‘yicha ommaviy sayyor qabullar davom etmoqda.
Bugun Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida о‘tkazilgan sayyor qabulda shu jumladan, mahalliy fuqarolarning elektr energiyasi bilan bog‘liq muammolari kо‘rib chiqilib, "Тoshkent HETK" AJ mutasaddilari tomonidan ularni ijobiy hal etish bо‘yicha tegishli kо‘rsatmalar berildi.
“Toshkent HETK" AJ matbuot xizmati
ELEKTR ENERGIYA ISTE'MOLCHILARI DIQQATIGA! «O'zbekenergo» AK 2018 yil 16 noyabrdan boshlab elektr energiyasining tariflari oshganligini ma'lum qiladi.

ELEKTR ENERGIYA ISTE'MOLCHILARI DIQQATIGA! «O'zbekenergo» AK 2018 yil 16 noyabrdan boshlab elektr energiyasining tariflari oshganligini ma'lum qiladi.
Эълон

Эълон
ЭЪЛОН!!!
Ҳурматли электр энергия истеъмолчилари!
Ишлаб чиқарилаётган электр энергияси истеъмолчиларидан келиб тушаётган электрон мурожаатларни тезкор хал этиш ҳамда уларга енгиллик яратиш мақсадида “Ўзбекэнерго” акциядорлик жамияти томонидан телеграмм интернет иловаси орқали “Халқ билан мулоқот” Каналини ишга туширганлиги ҳақида маълум қиламиз.
Эндиликда сиз электр энергияси билан боғлиқ барча муаммо, камчилик ва таклифларингизни ушбу манзил орқали етказишингиз мумкин бўлади. Сизнинг мурожаатингиз тез фурсатларда ўз ечимини топади.
Бунинг учун, Сиз мобил телефонинингиздан телеграмм мессенжерига кириб “uzbekenergo_muloqot” каналига аъзо бўлишингиз керак бўлади.
www. uzbekenergo.uz веб-сайти орқали ҳам батафсил барча маълумотларга эга бўлишингиз мумкин.
Interaktiv xizmatlar
"TOSHKENT HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI" AJ

Бунда 0,4-6-10-35-110 кВ ЭУЛ узунлиги 19850 км,
ТПларнинг сони 4112 та,
НС лар сони 171 та эди.
Хозирда 0,4-6-10-35-110 кВ ЭУЛ узунлиги 22534,32 кмга,
ТПларнинг сони 5436 тага,
НС лар сони 177 тага етди.
Тулик номи "TOSHKENT HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI" акциядорлик жамияти. - Кискача номи – «TоshEТ» АЖ.
Манзили: Узбекистон Республикаси, Тошкент вилояти, Кибрай тумани, Салар фукаролар йигини, ТошДТЭС кучаси 100.
"TOSHKENT HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI" АЖ Тошкент вилоятида жойлашган корхоналарга, ташкилотларга, муассасаларга, ахолига, фермер ва жамоа хужаликларига узлуксиз электр энергияси етказиб беради.